Kelajak kasblariga tayyorgarlik
IT, matematika, nemis va ingliz tillarini chuqurlashtirilgan holda o‘qitilib, global raqobatbardosh kasblarga yo‘l ochadi.
“Maqsadimiz yoshlarni xalqaro standartlarga mos, innovatsion va ko’p tilli ta’lim muhitini yaratish orqali har tamonlama yetuk, mustaqil fikrlaydigan va xalqaro bozorda raqobatbardosh shaxslarni tarbiyalash.”
Renessans maktabimizda IT, matematika, nemis va ingliz tillari chuqurlashtirib o'rgatilib, IELTS, Goethe-Zertifikat, TELC va SAT kabi xalqaro va milliy sertifikatlarga tayyorlab, Yevropa va boshqa chet davlatlarga o'qishga va ishga yuborishga yordam beriladi.
Bizning Maktabmiz – bu nafaqat bilim maskani, balki estetik va qulaylik uyg‘unligidagi zamonaviy ta’lim muhitidir. Maktabimiz dizayni zamonaviy arxitektura, yorug‘ xonalar va ilhomlantiruvchi interyerlar bilan farqlanadi. Har bir xona – o‘quvchi salohiyatini to‘liq ochib berishga xizmat qiladigan qulay, xavfsiz va zamonaviy jihozlangan muhit. Maktabimizda har bir tafsilot – xonalar joylashuvi, mebellar, yoritish, dizayn va akustika – ta’lim sifati uchun mo‘ljallangan. O‘quvchilarning rivojlanishiga ijobiy ta’sir qiluvchi yorqin, zamonaviy va ekologik toza maktab muhitini yaratdik.
Yevropada o'qish va ishlash uchun ilk qadam. Bizning maktabimizda o'qigan yoshlar Yevropaning turli mamlakatlarida o'qish va ishlash imkoniyatiga ega bo'ladilar.
IT, matematika, nemis va ingliz tillarini chuqurlashtirilgan holda o‘qitilib, global raqobatbardosh kasblarga yo‘l ochadi.
O‘quvchilarimiz IELTS, Goethe-Zertifikat, TELC va SAT orqali yetakchi universitetlarga yo‘l ochadilar.
Ustozlarimiz zamonaviy o‘qitish usullaridan foydalangan holda, o‘quvchilarning bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirishga harakat qiladilar.
Maktabimizdagi sinflari zamonaviy talablar asosida jihozlangan bo‘lib, o‘quvchilarning samarali ta’lim olishi uchun barcha qulayliklarga ega.
Maktabimizda darslar aniq reja asosida, zamonaviy usullar bilan olib boriladi. Har bir dars interaktiv va qiziqarli tarzda tashkil etilib, o‘quvchilarning faol ishtirokiga e’tibor qaratiladi.
Bizning maktabimizda sportga ham alohida e'tibor beriladi. O'quvchilarni jismoniy rivojlantirish va madaniy hordiq olishlari uchun jismoniy-tarbiya darslari ham o'tiladi.
2 ta nevaram Renessans maktabida o'qiydi. Natijalari juda yaxshi. Bu yil 3 - nevaramni ham Renessans maktabiga olib keldim.
O'quvchimiz Momosi
Bolamga hozir darslaringni tayyorla deyishim shart emas bolamni o'zi darslarimni tayyorlashim kerak deb xonasiga kirib darslarini qiladi.
O'quvchimiz onasi
O'g'limni o'qish natijalari juda zo'r. Renessans maktabidan minnatdorman.
O'quvchilarimiz otasi
Renessans Xalqaro maktabi haqida ko'proq ma'lumot olish uchun fo'rmani to'ldiring! Siz bilan tez orada maktab mamuriyati bog'lanishadi.